Bu saytning kamroq internet sarflaydigan, faqat matndan iborat versiyasini ko‘rmoqdasiz. Barcha suratlar va videolarni o‘z ichiga olgan saytning asosiy versiyasini ko‘ring.
BBC News, O'zbek - Bosh sahifa
Bosh maqola
Makkada qatl etilganlarning oilalari nima deydi?
Saudiya Arabistoni Makkadagi masjidda "nojo‘ya harakat" sodir etganlikda ayblangan ikki Bangladesh fuqarosini qatl qildi. Ammo rasmiylar ular aynan nima qilganini ochiqlamayapti. Bu voqea atrofida ijtimoiy tarmoqlarda mish-mishlar, bahslar va savollar ko‘paymoqda.
Mumbaydagi otishma: Bollivud va mafiya o‘rtasidagi aloqa yana tiklanyaptimi?
36 yoshli aktyor futbol maydonidan BMW avtomobilida chiqib ketayotganida o‘q ovozlari yangradi. Uning haydovchisi, shuningdek, aktyorni tasvirga olish uchun kelgan videobloger yaralandi.
BBC va Tramp sudlashuvida yangi burilish: da’vo bekor bo‘lishi mumkin
Tramp BBC'ga qarshi ochgan da’vo kutilmagan bosqichga kirdi. Sud prezidentni qasamyod ostida so‘roqqa chaqirdi. Bu ishning ortida nima bor va BBC nega o‘zini haq deb hisoblamoqda?
Rubioning rus tili haqidagi gapi nega O‘zbekistondan tashqarida ham bahslarga sabab bo‘ldi?
Marko Rubioning Samarqandda aytgan bir og‘iz gapi nega O‘zbekistonda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi? "Rus tili bu yerda endi rasmiy til emas", degan izoh ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Ayrimlar buni davlat tili maqomining e’tirofi deb baholadi, boshqalar esa geosiyosiy signal sifatida ko‘rdi. Bu voqea ortida nima bor? Nega til masalasi hamon jamiyatda ta’sirchan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda? Va Rubio aslida nima degan edi?
Pul, pasport yoki bosim: o‘zbekistonliklar Rossiya armiyasiga qanday qo‘shilmoqda?
Ukraina loyihasiga ko‘ra, Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan 8 mingdan ortiq o‘zbekistonlik aniqlangan. Ular qanday va’dalarga ishonib yoki qanday bosim ostida urushga qo‘shilmoqda?
Rozenberg: AQShning diplomatik harakatlari Ukrainada tez orada tinchlik o‘rnatilishiga umid bermayapti
Oslo va Sankt-Peterburgdagi muzokaralar Ukrainada urush tez orada tugashiga katta umid bermadi. Putin urushni tugatish uchun bosim sezmayotgandek, Trampning so‘nggi qarorlari esa Moskvaga qo‘l kelmoqda. Stiv Rozenberg bu vaziyat Kremlga qanday imkoniyatlar ochayotganini tahlil qiladi.
Samarqand Fors tamaddunining bir qismimi? Eron diplomatlarining Rubioga e’tirozlari O‘zbekistonda keskin qarshi olindi
AQSh Davlat Kotibi Marko Rubioning Samarqandda qilgan bayonotiga Eron tomonidan bildirilgan munosabat ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonlik ko‘plab sharhlovchilar uni Eron tomonidan O‘zbekiston madaniy merosiga qilingan tajovuz deya talqin qildilar.
«Ko‘ramiz, Putin nima derkin». Uitkoff Zelenskiy bilan Oslodagi uchrashuv ortidan Rossiyaga nima olib keldi?
So‘nggi ikki yil davomida Uitkoff va Kushner Rossiyaga bir necha bor tashrif buyurdi. Ularning oxirgi tashrifi sentyabr boshida bo‘lib o‘tdi. Biroq shuncha diplomatik sa’y-harakatlarga qaramay, tinchlikka erishish yo‘lida hozircha biror sezilarli natijaga erishilmadi. Bunisining farqi nimada?
Xitoy va AQSh Markaziy Osiyo uchun raqobatdami? O‘zbekiston nima yutadi?
Xitoy va AQSh Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirishga intilmoqda. Xitoy bosh vaziri Li Syanning O‘zbekiston va Tojikistonga tashriflari orasida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ham Samarqandda muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston
Dunyo
BBC News O‘zbek WhatsApp
O‘zbekiston, mintaqa, dunyo yangiliklari hamda tahlil va munosabat
Faqat bizda
Muharrir tanlovi
Qozog‘iston Rossiya armiyasiga qo‘shilgan yoshlarning o‘zini ayblamoqda - Video
Rossiyaga ishlash uchun borib, urushga tushib qolgan qozog‘istonliklarning yaqinlari ularni vataniga qaytarishni talab qilishmoqda. Rasmiylar esa fuqarolar imzolagan shartnomalari uchun o‘zlari ham mas’ul ekanini aytmoqda. Aldanib urushga jalb qilinganlarni bugun kim himoya qiladi?
Mask, Starlink va Ukraina: yangi cheklovlar ortida nima turibdi?
Ukraina armiyasining "raqamli asab tizimi" deb ta’riflanadigan Starlink atrofida yangi bahs avj oldi. Mask cheklovlar uchun AQShni ko‘rsatmoqda, Kiev esa bu qarorlar jang maydonidagi vaziyatga ta’sir qilayotganini aytmoqda. Starlink nega Ukraina uchun hayotiy ahamiyatga ega?
Shakiradan Lopesgacha: Markaziy Osiyo superyulduzlar uchun yangi bozorga aylandimi? (Video)
Shakira kontserti Qirg‘izistonga qancha daromad keltiradi? Jahon yulduzlari kontsertlari Markaziy Osiyo uchun iqtisodiy foydami yoki imij masalasimi? Bir yil avval bu savollar Jennifer Lopes kontsertlari ortidan ham ko‘tarilgandi.
Ozarbayjonda hijob mojarosi: Aliev hukumatiga tahdid bormi?
Ozarbayjondagi noroziliklar hukumatni murakkab tanlov qarshisida qoldirdi: ortga chekinish zaiflik belgisi sifatida ko‘rinishi mumkin, qat’iy pozitsiyada turish esa diniy erkinliklar masalasidagi norozilikni yanada chuqurlashtirishi mumkin.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston: "Yandeks" xizmatlarida uzilishlar nimani anglatadi?
O‘zbekistonning aksar shaharlari va poytaxt Toshkentdagi asosiy taksi xizmatiga aylangan Yandeks taksi va yetkazish xizmati bilan sodir bo‘layotgan uzilishlar mijozlarga qiyinchiliklar tug‘dirgan. Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham shunday manzara kuzatilgan. Rossiyadagi Yandeks shirkati ma’lumot markazlariga hujumlar ortidan mustaqil raqamli xizmatlar yaratishga da’vatlar yangramoqda.
Ukrainaga 'yangi prezident kerak'mi, Rossiya o‘zi boshqariluvchi bombalarini ishga soldi, Saudiyaga yangi hujum – o‘zbekistonliklar ham 'yaralangan'. Video
Dunyo, postsovet makoni va mintaqada nima gap – so‘nggi tafsilotlar.
Mirziyoyev mintaqani qanday kuchaytirmoqchi?
Markaziy Osiyo suv tanqisligiga qanday javob beradi? Avazadagi sammitda Shavkat Mirziyoyev suv resurslari taqchilligi mintaqa taraqqiyoti uchun jiddiy to‘siqqa aylanayotganini aytib, Afg‘oniston bilan doimiy suv muloqotini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.
"64 nafar o‘zbekdan faqat uch kishi tirik qoldi" – Rossiya armiyasiga jalb qilingan migrantlar haqida xavotirli da’volar
"Urushga qatnashish uchun poligonga majburiy yuborilgan 64 nafar o‘zbek yigitidan faqat uch kishi qochib tirik qoldi, qolgan yigitlarning barchasi o‘lib ketdi". Sud hukmida shunday da’vo keltirildi.
Qozog‘istonda josuslikda ayblangan o‘zbek professor «sudga tortilgan»
Qoraboev ishi xalqaro tashkilotlar xavotiriga sabab bo‘lgan. Jumladan, AQShda joylashgan Xavotirdagi olimlar qo‘mitasi (Committee of Concerned Scientists) hamraislari 8 sentyabrda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-jo‘mart To‘qaevga murojaat yozib, uning nusxasini AQSh Tashqi ishlar vaziri Marko Rubio va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga yo‘llaganlar.
O‘zbekiston va mintaqa: Rossiya nimaga toqat qilmasligini aytdi. Video
Rasmiy Moskva bayonotiga mintaqa davlatlari munosabati hozircha imkonsiz.
Rossiyada o‘lat chiqqanmi – AQSh 'diqqat bilan' kuzatib turibdi, Irkutskda O‘zbekiston, Markaziy osiyolik migrantlar ham ko‘p
Rossiya aksariyat Markaziy Osiyo aholisi uchun eng yirik tashqi mehnat bozori. U yerda hozir ham millionlab Markaziy osiyolik ishlaydi. Rossiya mintaqaga ham chegaradosh. Qozog‘iston bilan quruqlikdagi chegarasi dunyodagi eng uzuni.
"Qish og‘ir keladi". Yevropa isitish mavsumiga tayyor emas, yana Rossiya gaziga qaytadimi?
Eron urushi tufayli Yevropa Ittifoqida gaz narxlari o‘tgan yilgiga nisbatan ikki baravardan ko‘proq oshdi, qish uchun zaxiralar ko‘p emas. Shu manzarada Rossiya gazidan voz kechishni kechiktirish chaqiriqlari tobora kuchaymoqda. Bu haqiqatda imkonlimi?