Qirg‘izistondan Rossiyaga nota, Termizda Afg‘on narkotigi yo‘lini to‘sish muhokamasi, sun’iy idrok va terrorizm - mintaqaviy dayjest - Video

Published
O'qilish vaqti: 4 daq

Qirg‘iziston aldov yo‘li bilan Ukraina urushiga jalb etilgan fuqarosini qaytarishni Rossiyadan talab qildi.

Shunday talab ilgari surilgan notani Qirg‘izistonning Moskvadagi elchiligi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga yo‘lladi, deb xabar qildi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi.

Qirg‘iz Tashqi ishlar vazirligi xabar qilishicha, E.T deb ismi-sharifi keltirilgan yigit Rossiyadagi harbiy qismlardan birida ushlab turilipti.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, u 21 yoshli Elistan Toktogulovdir.

Yigit qarindoshlari 3 noyabrda Qirg‘iz rasmiylariga videomurojaat bilan chiqishdi.

Yaqinlariga ko‘ra, Eliston Toktogulov 2026 yil kuzida ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi ish haqidagi e’lonni topib, u yerda bo‘lib turgan Qirg‘iziston fuqarosi bilan bog‘langan.

Unga bir necha ish, jumladan yuk mashinasi haydovchiligi va 110 ming rubllik oylik maosh va’da qilingan.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 1
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 1

Biroq Rossiyaga yetib borganidan Toktogulov harbiy qismga yuborilgan.

Yaqinlarining aytishicha, hozir u Voronej viloyatidagi poligonda bo‘lib, uni Ukrainadagi urushga jo‘natish uchun tayyorlashmoqda.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi elchixona E.T.ning qarindoshlari bilan doimiy aloqada ekanini va mazkur masala "alohida nazorat» ostida turganini bildirdi.

Bundan sal oldin Qozog‘iston ham o‘z fuqarolarini jangovar harakatlar hududidan qaytarishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Oktyabrь oyi boshida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya rasmiylari bilan muzokaralar olib borgan, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majburlangan 13 nafar Qozog‘iston fuqarosini vataniga qaytargan.

Termizda giyohvand moddalar noqonuniy aylanishi oldini olishga bag‘ishlangan ikki kunlik tadbir

O‘zbekistonning Termiz shahrida giyohvand moddalar noqonuniy aylanishi oldini olishga bag‘ishlangan ikki kunlik yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Unda Afg‘oniston Toliboni hukumati a’zolari, BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etganlar.

Ma’lumki, uzoq yillardan buyon Afg‘oniston jahondagi eng ko‘p narkotik modda tayyorlanadigan mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Afg‘on narkotrafigining bir necha yo‘llari bo‘lib, bu yo‘llardan "shimoliy"si deb ataladigani O‘zbekiston va Tojikistondan o‘tadi va Rossiyaga yo‘l oladi.

Har yili O‘zbekiston va Tojikiston huquqni muhofaza qilish idoralari yirik miqdordagi Afg‘on giyohvand moddalarini tutadilar, biroq tashish to‘xtab qolmaydi.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 2
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 2

Yaqinda ham Termizda 5 million dollarga baholanadigan gashish qozonlar orasiga yashirilgani aniqlangan edi.

Tolibon giyohvand moddalar yetishtirilishiga qarshi qattiqqo‘l siyosati bilan tanilgan.

2000 yili Tolibon nazorati ostidagi Afg‘oniston hududida ko‘knor yetishtirish keskin pasaygani kuzatilgan.

2021 yili yana hokimiyatni qo‘lga olganidan keyin Tolibon ko‘knor yetishtirishni taqiqladi.

Ammo 2026 yil oktyabrida BMT e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, oxirgi yilda yana o‘sish kuzatilgan.

iQTIBOS
Skip podcast promotion and continue reading
BBC News O'zbek Obuna bo'ling!
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

BMTning United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC) hisobotiga ko‘ra, Afg‘onistonda 2026 yilda ko‘knor ekiladigan maydonlar 330 foizga oshib, 10 ming gektardan 43 ming gektardan ortiq hududga yetgan.

Opiy ishlab chiqarish hajmi qariyb besh baravar o‘sib, 2025 yildagi taxminan 300 tonnadan 2026 yilda qariyb 1 500 tonnaga chiqqan.

Ko‘knor yetishtirish 34 viloyatning 16 tasida aniqlangan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan beshta viloyatga ko‘p.

Mamlakatdagi ko‘knor maydonlarining 76 foizi shimoli-sharqiy hududlarda, asosan Badaxshon viloyatida joylashgan.

BMT tahlilchilari ayrim dehqonlar nazoratdan qochish uchun ko‘knorni bug‘doy va boshqa ekinlar orasida yashirincha ekish yoki hovlilar ichida parvarishlashni boshlaganini qayd etgan.

Monika Juma, UNODC ijrochi direktori, bu o‘sish qashshoq dehqonlar uchun muqobil tirikchilik manbalari yetarli emasligini ko‘rsatishini aytgan. U Afg‘oniston hokimiyati va xalqaro hamjamiyatni qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi, bozorlarga chiqish imkoniyatlari va aholi daromadlarini qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq sarmoya kiritishga chaqirgan.

BMTning baholashicha, 2022 yilda Tolibon tomonidan joriy etilgan giyohvand moddalarga qarshi taqiqdan keyingi ilk yirik o‘sish qayd etilmoqda va bu taqiqning samaradorligi pasayib borayotganidan dalolat berishi mumkin.

Tolibon bu hisobotni ishonchli emas deb rad etdi.

Sun’iy idrok terrorizm tahdidini ham kuchaytirayaptmi?

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan "Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT Plyus" yig‘ilishi ishtirokchilari
Surat tagso‘zi, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan "Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT Plyus" yig‘ilishi ishtirokchilari

So‘nggi vaqtda sun’iy intellekt rivojiga milliardlab dollar sarflanib, har sohada undan naf kutilayotgan, turli modellari sinovi davom etayotgan bir vaqtda sun’iy idrok yuzaga keltiradigan tahdidlar haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.

Xususan, sun’iy idrok xakerlik ishini osonlashtirgani.

Yoki qo‘lbola biologik qurol yasashda foydali maslahatlar berishi.

Va sun’iy idrok hamda zamonaviy texnologiya yomon niyatli insonlar qo‘liga tushib qolishi davlatlar xavfsizlik tizimlariga qanday murakkabliklarni paydo qilishi mumkin, degan savol muhokamasi ham boshlangan.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 3
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 3

Shunday bir paytda islomiy jangarilarning Markaziy Osiyo davlatlari uchun tahdidlari yangi bosqichga chiqmoqda, deya ogohlantirdi BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Aleksandr Zuev.

Unga ko‘ra, IShID-Xuroson tashkiloti dronlarni qo‘lga kiritgan va ulardan foydalanishni o‘rgangan.

Guruh Markaziy Osiyo tillarida tarqatilayotgan targ‘ibotida sun’iy intellektdan foydalanayotgani ham kuzatilmoqda, dedi BMT bosh kotibi muovini.

O‘zbekiston DXX raisi Bahodir Qurbonov
Surat tagso‘zi, 2026 yilda ekstremistik va terrorchilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlanli, bu 2025 yilgi ko‘rsatkichga (43 mingga yaqin) nisbatan 14% ko‘p, dedi O‘zbekiston DXX raisi Bahodir Qurbonov

"Markaziy Osiyo an’anaviy ravishda terrorizmning turli ko‘rinishlaridan aziyat chekib kelgan. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas.

Hozir vaziyat yangi bosqichga o‘tmoqda. Chunki internet, virtual yollash va terroristik guruhlarning onlayn aloqalari tufayli Markaziy Osiyo turli terrorchilik tahdidlariga nisbatan yanada zaif bo‘lib bormoqda.

Shuning uchun biz terrorchilik hujumlari sodir etilganidan keyin ularga javob qaytarish emas, balki bunday hujumlarning oldini olish yo‘llarini izlamoqdamiz", dedi Aleksandr Zuev Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan "Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT Plyus" ekspertlik uchrashuvida.

Samarqanddagi muloqotda O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov yoshlarning onlayn radikallashuvi muammosiga yig‘ilganlarning e’tiborini qaratdi.

O‘zbekiston DXX raisiga ko‘ra, radikallashish bir lahzada sodir bo‘lmaydi, aksincha, u murakkab ijtimoiy jarayondir.

Bahodir Qurbonovga ko‘ra, terrorchi va ekstremist tashkilotlar o‘z mafkurasini tarqatish, tarafdorlarni yollash, teraktlarni moliyalashtirish, ularga tayyorgarlik ko‘rish hamda amalga oshirishda raqamli texnologiyalardan faol foydalanayaptilar.

"Birgina 2026 yilda ekstremistik va terrorchilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan bo‘lib, bu 2025 yilgi ko‘rsatkichga (43 mingga yaqin) nisbatan 14% ko‘pdir. Bunday tendentsiya radikal g‘oyalarni targ‘ib qilishda global tarmoqdan foydalanish ko‘lami ortib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi», — dedi O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: