O‘zbekiston: migratsiya siyosatidan Mirziyoyevning hafsalasi pir bo‘ldimi? Video

Prezident Mirziyoyevning migratsiyaga bag‘ishlangan yig‘ilishi
Published
O'qilish vaqti: 4 daq

O‘zbekistonda migratsiya agentligi tashkil etilganidan buyon tizimni ikki marta o‘zgartirgan Prezident Shavkat Mirziyoyev 2027 yildan sohada yana o‘zgarishlar bo‘lishini aytdi. Bu migratsiya agentligi jinoiy ishlar va korruptsiya mojarolariga duch kelgani ortidan kuzatilmoqda.

Prezident Mirziyoyev 2 noyabr kuni migratsiyaga bag‘ishlangan hukumat majlisini o‘tkazdi.

Respublikaning barcha rahbarlari, viloyatlar hokimlari va O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari ham ishtirok etgan yig‘ilish Prezident devonida emas, Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi «Intil» til va kasbga o‘qitish markazida o‘tkazildi.

Prezident Mirziyoyev O‘zbeklarning ham boy badavlat, farovon yashashlarini istaydi, islohotlarining bosh maqsadi - inson qadriga yetadigan sharoit barpo etish ekaninii qayta qayta ta’kidlaydi.

Marhum prezident Islom Karimov migrantlarni dangasalar deb atagan bo‘lsa, Mirziyoyev migratsiya bilan shug‘ullanadigan maxsus tizim tashkil qildi.

Boshida Mehnat, Bandlik vazirligi tarkibida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tuzildi, so‘ng u bevosita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadigan Migratsiya agentligiga o‘zgartirildi.

Maqsad, o‘zbekistonlik Rossiyaga borib, ne-ne azoblar bilan qora ishda band bo‘lmasin, xorijda haq-huquqi ta’minlangan, sharoiti va maoshi yaxshi ishlarda ishlasin.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

"So‘nggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan o‘zgardi. Ilgari bu yo‘nalishda uchta davlat bilan ish olib borilgan bo‘lsa, hozir ularning soni 27 taga yetdi. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijlik ish beruvchilar qariyb 400 taga ko‘paydi", dedi Prezident Mirziyoyev.

Skip podcast promotion and continue reading
BBC News O'zbek Obuna bo'ling!
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Rossiya 2000 yillardan o‘zbekistonliklar yoppasiga qonuniy va noqonuniy mehnat qilish uchun borgan mamlakat.

Bunga asosan Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida vizasiz tartib mavjudligi, ishi og‘ir, maoshi nisbatan kam ishlarda rossiyaliklarning o‘zlari mehnat qilishni xohlamaganlari sabab bo‘ldi.

Va hali 2007 yili Janubiy Koreya bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha imzolangan kelishuvlar davlat darajasida odam yuborishga sharoit yaratgan edi.

"Chet elda ishlayotgan yurtdoshlarimiz soni o‘n yilda ikki baravar kamaygan bo‘lsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablag‘lari to‘rt karra oshdi. Bu, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xalqaro mehnat bozorida o‘zbek mutaxassislariga munosabat o‘zgarib, odamlarimiz chetga oddiy ishchi emas, malakali kadr sifatida borayotganini ko‘rsatadi", deya xabar qiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

2016 yillarda O‘zbekistondan chet elda ishlayotgan mehnat migrantlari soni to‘rt millionga yaqin deb baholangan.

Masalan, tahlillarda 2010-2014 yillarda xorijda ishlagan o‘zbekistonliklar soni "4 milliondan ortiq" deb keltiriladi.

Bugun esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining soni taxminan 1,4 million nafarni tashkil etadi.

Iqtibos

2016 yilda Rossiya iqtisodiy inqirozidan keyin O‘zbekistonga kelgan pul jo‘natmalari ancha qisqargan edi.

O‘sha davr uchun xalqaro baholar pul jo‘natmalari hajmini taxminan 3,5-4,0 milliard dollar atrofida deb ko‘rsatadi.

2025 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonga 18,9 milliard dollar pul jo‘natmasi kelib tushgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilning birinchi yarmida 9,3 milliard dollar kelib tushgan.

Bugun ham O‘zbekistonda oilasi ehtiyojini qondirishga yetadigan, yaxshi maoshli ish izlayotgan insonlar ko‘p.

Ammo Bandlik vazirligi va Migratsiya agentligi mulozimlarining o‘zlari ham tan olayotganlaridek, bugun ham ko‘p o‘zbekistonliklar mamlakatning ichida va xorijda bo‘sh ish o‘rinlari borligidan yetarli xabardor emaslar.

Shuning uchun ham "Koreyaga o‘g‘limni ishga yuborish uchun 30 ming dollar berdim" degan otani ham, hech qanday huquqi va kafolat yo‘q Rossiyadagi haydovchilikka yaqinda yo‘l olgan yosh o‘zbekistonlik yigitni ham uchratish mumkin.

Gazeta uz sahifasidan skrinshot

Chetga chiqishga talabgorlar shunchalar ko‘pligidan tashqi migratsiya sohasi kriminalga chatishib ketdi, odamlar qalloblarga pullarini yo‘qotdilar.

Shu bois ham xorijdagi ishni tekshirish murakkab jarayonga aylandi.

Bugun ham chet elda mo‘may daromadli ish va’da qilayotgan Telegram kanallari ham ko‘p uchraydi, O‘zbekiston Migratsiya agentligi o‘zining XORIJDA ISH veb sahifasi va Telegram kanali orqali ogoh bo‘lishga chaqiradi.

Prezident Mirziyoyev ko‘ngli to‘lmagani uchun ham migratsiya tizimini ikki marta o‘zgartirdi, agentlikning ikki rahbari ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, yana bir rahbari "marmar go‘sht" mojarosi ostida qoldi.

"Tinchroq, ko‘zdan panaroq tuzilmaga olindi", deb yozdi bloger Ilyos Safarov.

Oxirgi vaqtlarda bandlik siyosatida o‘zgarish kuzatilayotgandek:

Bandlik vazirligi "oson ish" va "Mening ishim" platformalarida O‘zbekistonning ichkarisidagi ishlarni e’lon qilishni boshlagan.

Migratsiya agentligining XORIJDA ISH Telegram kanali va veb sahifasida chet eldagi vakansiyalar va xususiy bandlik agentliklari haqidagi e’lonlar berib borilayapti.

"Migratsiya agentligi bo‘sh vakansiyalarni e’lon qilish bilan cheklanib qolmasdan, balki har bitta hududda alohida xorijiy ish beruvchilarning mehnat yarmarkalarini tashkil etadi. Ya’ni, xorijiy ish beruvchilarning o‘zlari kelib mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ishsiz fuqarolar yoki xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun mehnat yarmarkalari tashkil qiladilar", deydi Migratsiya agentligi matbuot kotibasi Gulruh Tulaeva.

Gulruh Tulaeva aytishicha, oktyabr oyida Slovakiyadan 20 dan ortiq ish beruvchi kelib mehnat yarmarkalari o‘tkazganlar.

Shuningdek, Yaponiya va Germaniyadagi avtobus shirkatlari, Qatarning Qatar Airways avia shirkati vakillari kelib o‘zbekistonliklarni ishga yollaganlar.

Lekin zamonaviy dunyodagi bugungi maqsad, har bir o‘zbekistonlik mahallasidan chiqmasdan turib, xoh O‘zbekistonning ichida bo‘lsin, xoh xorijdagi, o‘ziga ma’qul ishni topa olsin.

Ana shunday qulay sharoitni yaratishga farmon berdi Prezident Shavkat Mirziyoyev migratsiyaga bag‘ishlangan so‘nggi yig‘ilishda.